Acajoom Subscriber Module

Saytimizni shu bolimi,xabarnomaga obuna bo'lish uchun yaratilgan.Siz ham bizni xabarnomamizga obuna bolishingiz mumkin.



To'g'rilanishga chaqirishim shartmi? PDF Print E-mail
Written by Hidoyat Tahririyat Guruhi   

Savol;

Assalomu Alaykum sizlarni xijob xaqidagi savollga juda qoniqarli va chiroyli javob beribsilar,raxmad endi maqsadga o'tasak men bo'ydoqman shunday ekan tabiyki ko'chaga chiqsam qiz va juvonlarni o'ta yuqoridagi oyatlarga zid ravishda kiyinganlarini ko'raman iloji yo'q ko'zim ularni ovratlarini ko'radi va gunaxkor bo'lyapmandeman; Ulardan ko'zimni olib qochishni iloji bo'madi deylik shunday sharoidda qalbimni toza olib yura olishni imkoninig qilsa bo'ladimi ? va ularni to'g'rilanishga chaqirishim shartmi ammo shartb'lsa jurattopishim qiyin manda dangallik yetishmaydida nima qilay? javob kutaman xurmad ila Sardorbek.

Javob;

Vaalaykum assalom Sardorbek ukam. Sizga omadlar tilagan holda savolingizga javob berishga harakat qilamiz. Ko’chaga chiqqaningizda og’ir sinovlardan o’tishingiz tabiiy, nimaga deganda o’zingiz aytganingizday har xil nomunosib kiyimlar kiygan qizlarga ko’zingiz tushadi va bu narsa yosh yigitlarni og’ir ahvolga qo’yishi mumkin. Eng yaxshi yo’li o’zni nazorat qilish uchun ko’zni olib qochishdir. Agarko’zingizni uzolmaydigan bo’lsangiz darrov “Auzu billahi minash shaytonir rojim” deb ayting va Allohning g’azabini emas, roziligini topib yashash kerak deb fikr yuriting. Bilingki Alloh Taolo iffatlilarni suyadi va iffat faqat ayollarga tegishli xislat emas balki hamma taqvodor bandalar ega bo’lishi kerak bo’lgan xislatdir. Sizga nazar iffatini saqlay olish tavfiqini tilagan holda tahririyat a’zolari.

Vassalomu alaykum va rahmatulloh

Комментарии (1)

RSS feed Comments
...
0
Albatta tugri javob yozibsiz rahmat lokin bazi bir hijobli ayollaqrning kilayotgan ishlariga nima deysiz shariatga tugri kelmaydi shunga javob bersangiz . ular uzlari uyolishmaydi biz yigitlar uyolamiz ularning kilayotgan ishlariga yana ularda bir karich tillari bor Ron Li Bobo
----------------
Javob:
Bismillahir Rohmanir Rohim
Musulmonlik balki insoniylik sha’niga dog’ tushiruvchilardan o’z nafratimizni e’lon qilamiz. Maxsusan agar nomunosib harakatlar musulmon ayol tarafidan bo’lsa ayniqsa Hijobli ayollardan ko’rsak taasuf yeyishdan boshqa nima ham qilar edik. Ularga qarata shuni aytishimiz mumkinki Sizlar ummul mo’mininlar kiygan iffat libosida ekaningizni unutishga haqqingiz yo’q, bu libos sizga mas’uliyat ham yuklashini unutmang va unga mos raftor qiling. Mabodo uddasidan chiqmasangiz…
Nima ham deya olamiz axir “Hijob kiyishga noloyiqsan, yechib qo’y” deb aytishga bizning also haqqimiz yo’q. Hammaning o’ziga insofini bersin. Sizdek jonkuyar ukalarimizdan esa Alloh rozi bo’lsin!
Ron Li Bobo , April 30, 2010

Написать комментарий

smaller | bigger

busy
 

 

 

 

Copyright © 2010 Hidoyat control managment! Inc. All rights reserved. Barcha ma'lumotlar "Hidoyat Tahririyati" ostida nazoratiga kiradi.